TaqvoРейтинг: 0

Xoliqo!

29-03-2013 | 00:59
Просмотров:204Сегодня:1
Xoliqo!

Xoliqo!

Qoyilman o'z nuqsonima,

Ko'b jafo qildim o'zumni jonima.

Zoti pokingdan inoyat bo'lmasa,

Hech ishonchim yo'q amal qilg'onima.

 

Xoliqo!

Qildim faoli kundani,

Qilmog'il rasvo mani - sharmandani.

Sen agar rahmat niqobin yopmasang

Aybi ko'b,nuqsoni ko'bdur bandani.

 

Xoliqo!

To'ktum ibodat tosini,

San tuzarsan bandani kam-ko'sini.

Qo'llarim bulg'onsa isyon loyig'a

Oqizursan mag'firat daryosini.

 

Xoliqo!

Qildim gunohi beadad,

Jon berar holatda san bergil madad.

Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,

Bo'ldi mushkul holimizg'a,yo Ahad!

 

Xoliqo!

Yo Avvalo,yo Oxiro,

Nafsi shayton jonima bo'ldi balo.

Garchi Allohyor o'tarchidur yomon,

Qo'ymog'il dushman qo'lida mubtalo.

 

Xoliqo!

Tutdim farog'at xobini,

Istadim doyim jahon asbobini.

Garchi Allohyor erur g'arqi gunoh,

Och ango o'lganda rahmat bobini.

 

Xoliqo!

Umr ayladim foniy bilan,

Endi bandang zor yilor joni bilan.

Garchi Allohyor erur zoru zabun,

Jonin ol niri imoni bilan.

 

Xoliqo!

Poishlarim bosh aylasang,

Xirmani rahmat mango chosh aylasang.

Munda tavfiqim,chirog'im qo'lga ber,

Onda imonimni yo'ldosh aylasang.

 

Xoliqo!

Afv ayla o'tgan yoshima,

Yaxshi qullarni ato qil qoshima.

Go'r ichinda kelsa ikki so'rg'uvchi

Onda sen rahm ayla yolg'uz boshima.

 

Xoliqo!

Diydamg'a ashki zori ber,

Ko'ngluma doim muhabbat yori ber,

Obi kavsardin mani serob etib,

Ham mang'a ko'pruk o'tarda yori* ber.

 

Xoliqo!

Lutf et gadoyi zoring'a,

Bandadurman,zorman har bir koring'a.

Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,

Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.

 

Xoliqo!

Tuz aylagaysan rohimiz,

Mustajob etgil duoi ohimiz.

Tongla hayron bo'lsa xalq o'z holig'a,

Mustafoni qil shafoatxohimiz.

 

So'fi Allohyor rohimahu Alloh!

Комментарии
Оставить комментарий
Чтобы оставить комментарий
Войдите