TaqvoРейтинг: 0

Mo‘min - Musulmonlar, ro‘za muborak!

21-05-2013 | 04:57
Просмотров:2072Сегодня:1
Mo‘min - Musulmonlar, ro‘za muborak!

Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,

Bu oy Qur’on nozil bo‘lgan oy ekan,

Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan,

Mo‘min - Musulmonlar, ro‘za muborak!

Qabul qilsin Subhan Alloh Taborak!

 

Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish,

Takabburlar axloqini tuzatmish,

Rosululloh yig‘lab uni kuzatmish,

Mo‘min - Musulmonlar, ro‘za muborak!

Qabul qilsin Subhan Alloh Taborak!

 

Miskinlarni boy yedirib ichirsin,

Arazlashgan bir - birini kechirsin,

Alloh olov kavushlarni yechirsin,

Mo‘min - Musulmonlar, ro‘za muborak!

Qabul qilsin Subhan Alloh Taborak!

 

Bo‘lsang uyda, xox dalada, adirda,

Uxlab yotma sen Laylatul – qadrda,

Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda,

Mo‘min - Musulmonlar, ro‘za muborak!

Qabul qilsin Subhan Alloh Taborak!

 

Ro‘zamizni Alloh uchun tutaylik,

Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik,

Mangu xuzur - xalovatga yetaylik,

Mo‘min - Musulmonlar, ro‘za muborak!

Qabul qilsin Subhan Alloh Taborak!

Комментарии
Оставить комментарий
Чтобы оставить комментарий
Войдите