Ajoyib savol! Ya'ni insonlar internetda bir-birlari sevib qolishi mumkinmi? Hozirda ushbu savol ko'p joylarda yangramoqda. Savol berilayotganda uning oxangiga e'tibor bering! Virtual sevgi bormi? Negadir menga bu savol oxangida, ha degan javobni kutayotgandek kayfiyatni sezaman. Bundan ma'lum bo'ladiki, sevgiga ishonadiganlarning ko'pchiligi virtual sevgiga ham ishonadi. Bu savolga har kim o'z tushunchasi doirasida javob bermoqda. Ba'zilar aytadiki: "Sevgi joy tanlamaydi". To'g'ri, joy tanlamaydi, ammo internet "joy"ga to'g'ri kelarmikin? Bu virtual sevgiga ishonmas ekan deb o'ylamang. Keling birgalikda taxlil qilib ko'ramiz! Inson sevib qolishi uchun nargi inson haqida ruxiy, jismoniy, ma'naviy, oilaviy va hatto axloqiy taraflari haqida ham tasavvur bo'lishi kerak. Internetda uning gaplarini yozuvlarda ko'rasiz. Fikrlashi va dunyoqarashini anglab olasiz. O'zi va oilasi haqida tanishasiz. Rasmini ko'rib baxo berasiz. Sizga yoqib qoladi (bu hali sevgi emas). Yana va yana gaplashgingiz keladi. Sog'inasiz, kutasiz. Online bo'lganda xursad bo'lib ketasiz. O'zizcha o'ylaysiz, sog'inyapman, talpinyapman sevib qoldimmikin? Ammo o'ylamaysizki, u umuman boshqacha inson bo'lib chiqishi mumkin. Rasm o'ziniki emas, yozgan narsalari esa u inson xushmuomila bo'lgani sababli sizga mehrli bo'lib tuyulgandir. Yozayotgan har bir inson o'zini, qarshisidagi insonga mukammal qilib ko'rsatishga harakat qiladi. Natijada xaqiqatdan yiroq bo'lgan taassurotlar paydo bo'ladi. Kun sayin uni o'z tasavvurida ideallashtirib boraveradi. Oqibatda nuqsonlar ham ko'rinmay qoladi. Kelgan xatlarni aql ko'zi bilan emas qalb ko'zi bilan ko'ra boshlagach esa xis tuyg'ular ta'sirida uning xabarlari rang-barang tuslarga kiradi. Xayolot ummonida butunlay o'zgacha tasvirlar namoyon bo'ladi. Insonning qalbida shunchalik tug'yon urayotgan xislar sevgidan boshqa narsa emas, deyishingiz shubxasiz. Ammo yuqorida aytib o'tganimizdek, u inson umuman boshqacha olam bo'lib chiqsachi? Qalbda juda katta to'qnashuv ro'y beradi... U boshqa olam bo'lsa, demak siz tasavvur qilgan sevgi dunyoyingiz xayolot olamidagi oxiri yo'qlik bo'lgan tuyg'u holos bo'lib qoladi. Sizning tasavvuringizdagi maxbubingiz real xayotda mavjud emas bo'lib chiqadi. Faqat hayoldagina mavjud bo'lgan sevgini xaqiqiy sevgi deyolmaymiz. Sevgida ikkala inson ham real hayotda mavjud bo'lishi shart. Menimcha endi o'zingiz xulosa chiqarib bo'ldingiz. Ma'lum bo'ldiki, virtual sevgi xaqiqiy sevgi bo'lolmas ekan. Xaqiqiy sevgi bo'lishi uchun baribir real hayotga murojat qilishga majbur ekanmiz. Internetda tanishib, keyin hayotda tanishib sevsa bu sevgi bo'ladi. Faqat internetda o'tirib olib bir- birini sevib qolish hayoldan o'zga narsa emas. Demak virtual hayot sevgiga bir vosita va boshlang'ich tanishuv bo'lishi mumkin ekan. Xaqiqiy sevgi esa faqat va faqat real hayotda bo'ladi. Virtual suhbatdagi, yuqorida aytilgan qalb kechinmalari, sog'inish, talpinish, kutish bu real hayotimizdagi tuyg'ularimizni qalbda junbushga kelishidir. Bu holatni faqatgina hayoliy xis deb tushunish va bu holatga imkon qadar tushmaslikka harakat qilishimiz lozim. Har doim, har nafasda bu shunchaki virtual olam ekanini, real hayot umuman boshqa ekanini hamisha yodda tutishimiz lozim bo'ladi. Bu tajribada o'rgangan narsalarimizni kelajak avlodlarga ham o'rgatishimiz judayam zarur xisoblanadi. Toki biz qilgan xatolarga ular yo'l qo'ymasin. Virtual suhbatga kirishib real hayotni u bilan almashtirib qo'ymasinlar. Internet olami insonlarning uzog'ini yaqin qilib, muloqot imkoniyatini beradigan juda qulay eng so'ngi kashfiyot ekanini unutmaylik. U bizlar uchun real hayotimizni o'rnini bosishga emas, balki real hayotimizga yordamchi bo'lishga xizmat qilsin! Internet olami, bizning millat uchun, vatanimiz uchun va kelajagimiz uchun faqat va faqat yaxshiliklar olib kelsin. U sababli yetadigan har qanday moddiy va ma'naviy zararlardan hammamizni avvalo Alloh saqlasin, o'zimiz ham judayam extiyot bo'lib kerakli choralarni vaqtida amalga oshirib boraylik! ;))
FIKIR VA MULOHOZALARINGIZNI QOLDIRSANGIZ JUDA HURSAND BO'LARDIM! OLDINDAN RAHMAT!:)
|