Sizni hodisalarga juda boy yil kutyapti. YAqin o'n ikki oyda sizni ham ichki dunyoingizda, ham atrofingizdagi olamda katta o'zgarishlar ro'y beradi. 2015 yilni kutib olishga tayyorlanayotgan baliq burji vakili 2014 ni kutib olishga tayyorlanayotgandan juda farq qilishi mumkin. YA'ni bir yildan so'ng baliq burji vakillari ancha ulg'aygan, qadrdonlarining qadriga etadigan, pul topish va uni aql bilan sarflashni biladigan, hatto yashash joyi va kasbini o'zgartirgan bo'lishi ham mumkin. Birovlarning ishiga burun suqishni bas qilsangiz bo'lgani.
hayot bo'yoqlari
Avvalo maqsadga erishish uchun qo'llaydigan vositalaringiz o'zgaradi. Birdaniga noto'g'ri taktika qo'llab kelayotganingizni, muddaongizni kerakli joydan qidirmayotganingizni, shu sababli maqsadga erisha olmayotganingizni anglab qolasiz. Endi ishlaringizni aniq rejalab, hatto kundalik tutishni boshlashingiz ham mumkin. Ichimdagini top deydigan baliqlar ham muammolarini do'stlari va yaqinlari bilan muhokama qilishni boshlashadi.
Nafslamrini aytganda, sizga maslahatchi emas, tajribali tinglovchi kerak. CHunki eng to'g'ri echimlarni o'zingiz topasiz. Bunda sizga tajriba va baliqlarga hos intuiciya yordamga keladi. Demak, qalbingizga quloq tuting. U sizni uyaltirmaydi. Ko'pchilik baliqlarning diqqat markazida oila turadi: yaqinlar bilan munosabatlar, mol-mulk masalalari, meros… oilani mustahkamlash, juftingiz bilan munosabatlarni izga tushirish, bolalar tarbiyasi va ota-onalarni izzat qilish uchun jiddiy harakat qilasiz.
Oilangizni mustahkamlash uchun balki yashash joyingizni o'zgartirishingizga to'g'ri kelar. Masalan, onangizga yaqinroq joyga ko'chib borishingiz yoki akangizning mahallasidan hovli sotib olishingiz mumkin. Bu o'zgarishlar yahshilikka, garchi sizda ko'p kuch va mablag' talab qilsa-da.
Kuch rostdan ham ko'p talab qilinadi. CHunki bir emas, bir necha marta qaltis vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Ammo sinovlardan muvaffaqiyatli o'tasiz.
Do'stlaringiz, birodarlaringiz safida ham o'zgarishlar ro'y beradi. SHu paytgacha sizga yaqin sanalib kelayotgan odamlar kelgusi yilda hayotingizda o'z ahamiyatini yo'qotadi, ammo ularning o'rniga sizni yangi marralar sari ilhomlantiradigan odamlar paydo bo'ladi.
Ikki kishining olami
SHahsiy hayotingiz juda yorqin va jo'shqin kechadi. Juftini topgan baliqlarni munosabatlarning jiddiylashuvi va chuqurlashuvi kutib turibdi. hali hayotda ikkinchi yarmini topmagan baliqlarga esa ot yili taqdirlarini hal etuvchi tanishuvlarni va'da qilmoqda. Siz qattiq sevib qolasiz! U butun hayotingiz mazmuniga aylanadi. Birgina uning hayoli bilan yashaysiz. Taqdir sizni bekorga uchrashtirmadi, endi bir-biringizdan osonlikcha ayrilolmaysiz. Umuman, ayrilishga hojat ham yo'q, bir umr birga yashayvering. Faqat sevgilingizni begona ko'zlardan asrang. Faqat eng yaqin insonlaringiz, hamrozlaringizgina uning mavjudligini bilishsin.
Juftingizni do'stlaringiz, hamkasblaringiz orasidan topishingiz ham mumkin. SHunday bo'lsa, atrofdagilarning sizni tushunmay, turli ta'nalar qilishlariga tayyor turing.
Ish va kar'era
Baliqlar kelayotgan yil bir honada o'tirib ishlashga rag'bat bildirishmaydi. Jamoa bilan ishlashga ehtiyoj sezadilar. hamkorlar bilan qo'shma korhonalar ochish va birgalikda moliyaviy loyihalarni amalga oshirish muvaffaqiyat keltiradi.
Do'stlar va hamjihatlar sizga nafaqat pul topish, balki uni sarflashda ham yordam berib yuborishlari mumkin. SHu sababli ular taklif qilgan u yoki bu haridni amalga oshirishdan avval yahshilab o'ylab ko'ring.
Safarlarga ham ko'p chiqishingiz kutilmoqda. YUqorida aytib o'tilganidek ko'pchilik baliqlar kasblarini o'zgartirishga urinib ko'rishadi. Ot yilida aqliy mehnat sohiblarining «ketmoni uchadi», ya'ni ularga talab ko'p bo'ladi. Ot yangi kasblarga tez o'rganib olishingizga yordam beradi.
hayot bo'yoqlari
Ular sizni juda hursand qilishadi. Ularning ishlari yahshi tomonga o'zgaradi. Albatta, sizdan ham katta yordam talab qilinadi. Sevimli farzandlaringizning hayotini izga solish uchun ko'p kuch, asablar va mablag' talab qilinishi shubhasiz. Ammo alaloqibat urinishlaringiz o'z samarasini beradi. hatto ayrim baliqlar farzandlari tufayli mashhur bo'lib ketishlari ham mumkin.
MUNAJJIM.UZSalomat bo'ling!
Pahlavonlarga hos salomatlik, afsuski, kelayotgan yil sizga nasib etmaydi. YUrak va yurak-qon tomir tizimiga alohida e'tibor bering. Iltimos, iloji boricha tezroq tekshiruvlardan o'ting, kasallikni barvaqt aniqlash va zarur choralar ko'rish kerak. Sog'lig'ingizga ortiqcha asabiylik yomon ta'sir o'tkazadi. SHu sababli tekshiruvlar hammasi yahshiligini ko'rsatsa ham, bo'shashmang. Sport, badantarbiya bilan shug'ullaning va vaqti-vaqti bilan shifokor huzuriga borib turing.
MUNAJJIM.UZ